FK2 · 988-modda

988-modda. Oxirgi zarurat holatida zarar yetkazganlik

Oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar, yaʼni zarar yetkazgan shaxsning oʻziga yoki boshqa shaxslarga tahdid solgan xavfni bartaraf etish uchun oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar, agar bu xavf mazkur holatlarda boshqa vositalar bilan bartaraf etilishi mumkin boʻlmasa, zarar yetkazgan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Bunday zarar yetkazilgan holatlarni hisobga olib, sud uni toʻlash majburiyatini zararni yetkazgan shaxs uchinchi shaxsning manfaatini koʻzlab harakat qilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga yuklashi yoxud bu uchinchi shaxsni ham, zarar yetkazgan shaxsni ham zararni toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod qilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.