# Fuqarolik protsessual kodeksi — 102-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi) > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/102 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mutaxassis sudga ogʻzaki yoki yozma shaklda maslahat (tushuntirish) beradi. Mutaxassisning yozma shaklda bergan maslahati sud majlisida oʻqib eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ogʻzaki maslahat bevosita sud majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga kiritiladi. Maslahatni aniqlashtirish va toʻldirish maqsadida mutaxassisga savollar berilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)