# Fuqarolik protsessual kodeksi — 110-modda. Daʼvoni taʼminlash choralariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/110 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu Kodeks 106-moddasi birinchi qismining 2, 3, 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan taqiqlar buzilganda aybdor shaxslar ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda sudning ajrimi bilan jarimaga tortiladi. Daʼvogar bu shaxslardan sudning daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimini bajarmaganliklari oqibatida oʻzi koʻrgan zararning oʻrni qoplanishini umumiy asoslarda talab qilishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)