# Fuqarolik protsessual kodeksi — 114-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) berish oqibati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/114 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudning daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi ushbu ajrimning ijrosini toʻxtatmaydi. Sudning daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi ushbu ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻyadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)