FPK · 117-modda

117-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish huquqi

Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli:

1) taraf Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotganda yoki mazkur shaxslar davlatning biror-bir majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda;

2) taraf davolash muassasasida boʻlganda, shuningdek taraflardan birida sudga kelishga toʻsqinlik qiladigan, tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud boʻlganda;

3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgar qidirilayotganda;

4) taraf ishni koʻrib chiqish muddatidan ortiq muddatda xizmat safarida boʻlganda, bundan ishda tashkilot vakillari ishtirok etayotgan hollar mustasno;

5) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda;

6) ushbu Kodeksning 103 va 363-moddalariga muvofiq sud tomonidan sud topshirigʻi yuborilganda.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.