# Fuqarolik protsessual kodeksi — 117-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/117 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli: 1) taraf Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotganda yoki mazkur shaxslar davlatning biror-bir majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda; 2) taraf davolash muassasasida boʻlganda, shuningdek taraflardan birida sudga kelishga toʻsqinlik qiladigan, tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud boʻlganda; 3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgar qidirilayotganda; 4) taraf ishni koʻrib chiqish muddatidan ortiq muddatda xizmat safarida boʻlganda, bundan ishda tashkilot vakillari ishtirok etayotgan hollar mustasno; 5) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda; 6) ushbu Kodeksning 103 va 363-moddalariga muvofiq sud tomonidan sud topshirigʻi yuborilganda. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)