# Fuqarolik protsessual kodeksi — 13-modda. Sud muhokamasining bevositaligi va ogʻzakiligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/13 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud fuqarolik ishini koʻrayotganda ishga oid dalillarni bevosita tekshirishi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning koʻrsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini va mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitishi, yozma dalillar bilan tanishishi, ashyoviy va raqamli dalillarni koʻzdan kechirishi shart. Ishning muhokamasi ogʻzaki ravishda oʻtadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)