Daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechganda u qilgan xarajatlarining oʻrni javobgar tomonidan qoplanmaydi.
Agar taraflar kelishuv bitimi tuzish chogʻida sud xarajatlarini taqsimlash tartibini nazarda tutmagan boʻlsa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlashda ushbu Kodeksning 136, 138 va 141-moddalariga muvofiq hal qiladi.