# Fuqarolik protsessual kodeksi — 146-modda. Sud jarimalarini solish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/146 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda solinadi. Sud jarimasini solish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi jarima solingan shaxsga darhol yuboriladi. Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)