# Fuqarolik protsessual kodeksi — 15-modda. Ishning haqiqiy holati, taraflarning huquq va majburiyatlarini sud tomonidan aniqlanishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/15 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud taqdim etilgan materiallar va tushuntirishlar bilan cheklanmasdan, ishning haqiqiy holatlarini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har taraflama, toʻliq va xolisona aniqlash uchun qonunga muvofiq choralar koʻrishga haqli. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi, ularni protsessual harakatlarni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik oqibatlari toʻgʻrisida ogohlantirishi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishida koʻmaklashishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)