# Fuqarolik protsessual kodeksi — 153-modda. Protsessual muddatlarni oʻtkazib yuborish oqibatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/153 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqi qonunda belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan muddatning oʻtishi bilan bekor boʻladi. Bunday holda protsessual muddatlarning oʻtishi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi. Protsessual muddatlar oʻtgandan soʻng taqdim etilgan arizalar, shikoyatlar va hujjatlar, agar oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoki uni qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)