Sudga chaqirish toʻgʻrisidagi sud chaqiruv qogʻozida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) sudning nomi, manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili;
2) kelish joyi va vaqti;
3) shaxs qanday ish yuzasidan chaqirilayotganligi;
4) shaxsning kim tariqasida chaqirilayotganligi;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish boʻyicha oʻzlari ega boʻlgan hamma dalillarni taqdim etish toʻgʻrisidagi taklif;
6) chaqiriluvchi yoʻqligi sababli chaqiruv qogʻozini qabul qilib olgan shaxsning imkoniyat boʻlishi bilanoq uni darhol chaqiriluvchiga topshirishga majburligi;
7) sudga kelmaganlikning ushbu Kodeksning 220, 221 va 222-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlari.
Sudga chaqirish toʻgʻrisida elektron hujjat tarzida yuborilayotgan sud chaqiruv qogʻozida ushbu modda birinchi qismining 1 — 5, 7-bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.