# Fuqarolik protsessual kodeksi — 169-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/169 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar uning shartlari: qonunchilikka zid boʻlsa; uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlsa. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)