Sud buyrugʻi quyidagi hollarda beriladi, agar:
1) talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan boʻlsa;
2) talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan boʻlsa;
3) kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari toʻlovi boʻyicha qarzdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa;
4) voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish toʻgʻrisidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bogʻliq boʻlmagan talab arz qilingan boʻlsa;
5) hisoblangan, lekin xodimga toʻlanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqida talab arz qilingan boʻlsa;
6) fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa;
7) ijara shartnomasida belgilangan ijara toʻlovlari muddatida toʻlanmaganligi sababli ushbu toʻlovlarni undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa;
8) koʻp kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va toʻlovlarni undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa;
9) yozma bitim mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti boʻlgan koʻchar mol-mulkka qaratish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa.