# Fuqarolik protsessual kodeksi — 174-modda. Davlat boji > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/174 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizadan qonunchilikda daʼvo ishini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarib beriladi. Sud buyrugʻi bekor qilingan taqdirda undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarib berilmaydi. Undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan daʼvo ishi yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatilgan taqdirda, toʻlangan davlat boji toʻlanishi lozim boʻlgan bojga qoʻshib hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)