# Fuqarolik protsessual kodeksi — 186-modda. Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha javobgarning sudga kelishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/186 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha javobgarning sudga kelishini shart deb topishi mumkin. Agar bunday holda javobgar sud tomonidan uzrsiz deb topilgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, u majburiy tartibda keltiriladi va ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda jarimaga tortiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)