# Fuqarolik protsessual kodeksi — 190-modda. Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/190 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ariza javobgarlarning soniga mutanosib miqdordagi koʻchirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. Sudya ishning murakkabligi va xususiyatiga qarab, arizaga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini javobgarlarning soniga mutanosib miqdorda taqdim etish majburiyatini daʼvogarning zimmasiga yuklashi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)