# Fuqarolik protsessual kodeksi — 191-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/191 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Arizaga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi: 1) arz qilinayotgan talablarga asos boʻlgan holatlarni; 2) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligini, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; 3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini; 4) arizani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatni, agar ariza vakil tomonidan imzolangan boʻlsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)