# Fuqarolik protsessual kodeksi — 197-modda. Sudyaning bir turdagi ishlarni birlashtirish huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/197 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudya mazkur sudning ish yuritishida ayni bir taraflar ishtirok etayotgan bir turdagi bir nechta ish yoxud bir shaxsning turli javobgarlarga yoki bir nechta daʼvogarning ayni bitta javobgarga nisbatan arizalari boʻyicha bir nechta ish mavjudligini aniqlasa, bu ishlarni birgalikda koʻrish uchun bitta ish yuritishga birlashtirishga, agar bunday birlashtirish ishning oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilinishiga olib kelsa, haqli. Ishlarni birlashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Birlashtirilgan ishlarni koʻrish muddati keyinroq qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)