# Fuqarolik protsessual kodeksi — 199-modda. Qarshi daʼvo taqdim etish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/199 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud tomonidan ish boʻyicha hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar javobgar dastlabki daʼvo bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun daʼvogarga nisbatan qarshi daʼvo taqdim etishga haqli. Qarshi daʼvo taqdim etish daʼvo taqdim etish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)