# Fuqarolik protsessual kodeksi — 200-modda. Qarshi daʼvoni qabul qilish shartlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/200 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudya quyidagi hollarda qarshi daʼvoni qabul qilishi shart, agar: 1) qarshi daʼvo dastlabki daʼvoni qoplashga qaratilgan boʻlsa; 2) qarshi daʼvoning qanoatlantirilishi dastlabki daʼvoning qanoatlantirilishini butunlay yoki qisman istisno etsa; 3) qarshi va dastlabki daʼvo oʻrtasida oʻzaro bogʻlanish mavjud boʻlsa hamda ularni birgalikda koʻrish nizoning tezroq va toʻgʻri koʻrib chiqilishiga yordam bersa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)