# Fuqarolik protsessual kodeksi — 201-modda. Ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/201 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudya arizani qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarganidan soʻng ishni oʻz vaqtida va toʻgʻri koʻrib chiqish hamda hal qilish maqsadida uni sud muhokamasiga tayyorlaydi. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari quyidagilardan iborat: taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni koʻrishda amal qilinishi lozim boʻlgan qonunni aniqlash; taraflarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek nizoni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni aniqlash; ishni hal qilish uchun zarur boʻlgan dalillar doirasini aniqlash va ularning oʻz vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini taʼminlash; ishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan shaxslar tarkibi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish; taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan zarur boʻlgan dalillarni taqdim etilishi; taraflarni yarashtirish. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)