# Fuqarolik protsessual kodeksi — 21-modda. Sudyani rad qilish asoslari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/21 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quyidagi hollarda sudya ishni koʻrishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u: 1) shu ish ilgari koʻrilganida sudya sifatida ishtirok etgan boʻlsa va ushbu Kodeks talablariga muvofiq ishni koʻrishda takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasa; 2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligi va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa; 3) shu ish ilgari koʻrilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan boʻlsa; 4) taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi boʻlsa; 5) ishni koʻrayotgan hayʼat tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi boʻlsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)