# Fuqarolik protsessual kodeksi — 214-modda. Tarjimonga uning vazifalarini tushuntirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/214 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Raislik qiluvchi tarjimonga uning vazifasi sud ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning tushuntirishlarini, koʻrsatuvlarini, arzlarini, tilni bilmaydigan shaxslarga esa tushuntirishlarning, koʻrsatuvlarning, arzlarning, oʻqib eshittiriladigan hujjatlarning mazmunini, shuningdek raislik qiluvchining farmoyishlarini, ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori va ajrimini tarjima qilib berishdan iborat ekanligini tushuntiradi. Raislik qiluvchi tarjimonni bila turib yolgʻon tarjima qilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)