# Fuqarolik protsessual kodeksi — 233-modda. Yozma dalillarni tekshirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/233 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yozma dalillar yoki ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ularni koʻzdan kechirish bayonnomalari sud majlisida oʻqib eshittiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa, ekspertlar, mutaxassislar hamda guvohlarga tanishish uchun taqdim etiladi. Shundan soʻng ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu dalillar yuzasidan tushuntirishlar berishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)