# Fuqarolik protsessual kodeksi — 235-modda. Hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisida arz qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/235 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishda mavjud boʻlgan hujjat qalbaki ekanligi toʻgʻrisida arz qilingan taqdirda, bu hujjatni taqdim etgan shaxs uni dalillar qatoridan chiqarishni va ishni boshqa dalillar asosida hal qilishni suddan iltimos qilishi mumkin. Agar hujjatni taqdim etgan shaxs bunday arz bilan murojaat qilmasa yoki hujjat sudning oʻz tashabbusi bilan talab qilib olingan boʻlsa, hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisida arz qilgan shaxs oʻz daʼvosini isbotlashi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)