# Fuqarolik protsessual kodeksi — 240-modda. Ekspertni soʻroq qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/240 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ekspertning xulosasi sud majlisida oʻqib eshittiriladi, shundan keyin xulosani tushuntirish va toʻldirish maqsadida ekspertga savollar berilishi mumkin. Ekspertiza kimning arizasi boʻyicha tayinlangan boʻlsa, oʻsha shaxs va uning vakili birinchi boʻlib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar savollar beradi. Sudning tashabbusi bilan tayinlangan ekspertga birinchi boʻlib daʼvogar savollar beradi. Sudya (sudyalar) ekspert soʻroq qilinayotganida unga istalgan vaqtda savollar berishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)