# Fuqarolik protsessual kodeksi — 242-modda. Davlat boshqaruvi organlarining xulosalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/242 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud tomonidan sud protsessida ishtirok etish uchun jalb qilingan yoki oʻz tashabbusi bilan protsessga kirishgan davlat boshqaruvi organlarining xulosalari sud majlisida oʻqib eshittiriladi, shundan keyin xulosalarni oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar mazkur organlarning vakillariga savollar berishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)