FPK · 244-modda

244-modda. Sud muzokaralari

Sud muzokaralari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nutqlaridan iborat boʻladi.

Sud muzokaralari ishtirokchilari oʻz chiqishlarida sud tomonidan aniqlamagan holatlarga, shuningdek sud majlisida tekshirilmagan dalillarga asoslanishga haqli emas.

Dastlab daʼvogar va uning vakili, keyin javobgar hamda uning vakili soʻzga chiqadi. Boshlangan sud protsessida nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilgan uchinchi shaxs va uning vakili taraflardan keyin soʻzga chiqadi. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bildirmagan uchinchi shaxs va uning vakili uchinchi shaxs ishda qaysi daʼvogarning yoki javobgarning tarafida ishtirok etayotgan boʻlsa, shu daʼvogardan yoxud javobgardan keyin soʻzga chiqadi.

Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan prokuror, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning vakillari yoki ayrim fuqarolar sud muzokaralarida birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.

Sud tomonidan sud protsessida ishtirok qilishga jalb etilgan yoki protsessga oʻz tashabbusi bilan kirishgan davlat boshqaruvi organlarining vakillari sud muzokaralarida taraflar va uchinchi shaxslardan keyin soʻzga chiqadi.

Sud muzokaralari ishtirokchilari bir-birlariga luqma tashlashi mumkin. Oxirgi luqma huquqi doimo javobgar va uning vakiliga tegishli boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.