# Fuqarolik protsessual kodeksi — 251-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilishda yechiladigan masalalar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/251 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotganida dalillarga baho beradi, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlar aniqlanganligini va qandaylari aniqlanmaganligini, bu ish boʻyicha qanday qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilishi kerakligini hamda arz qilingan talab qanoatlantirilishi lozimligini yoki lozim emasligini aniqlaydi. Sud, shuningdek sud xarajatlarini ham taqsimlaydi, hal qiluv qarorini ijro etish muddati va tartibini belgilaydi, boshqa qoʻshimcha masalalarni hal qiladi. Agar ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur boʻlib qolsa, sud hal qiluv qarorini qabul qilmasdan, sud muhokamasini tiklaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qoʻshimcha tekshirish ehtiyoji boʻlgan holatlar doirasida olib boriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)