Sudning quyidagi:
1) alimentlar undirish toʻgʻrisidagi;
2) xodimga uch oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan ish haqini undirib berish toʻgʻrisidagi;
3) mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash uchun toʻlovlar undirish toʻgʻrisidagi;
4) mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining taʼrifini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi;
4-1) eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish, ish tashlashni toʻxtatib turish, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi;
5) sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlinmasiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi;
6) sudda ishni muhokama qilish vaqtida javobgar daʼvoni butunlay yoki qisman tan olganligiga qarab, toʻliq yoki qisman qanoatlantirilgan talablar boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi kerak.