# Fuqarolik protsessual kodeksi — 266-modda. Darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/266 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 23-bob. Sudning hal qiluv qarori Sudning quyidagi: 1) alimentlar undirish toʻgʻrisidagi; 2) xodimga uch oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan ish haqini undirib berish toʻgʻrisidagi; 3) mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash uchun toʻlovlar undirish toʻgʻrisidagi; 4) mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining taʼrifini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi; 4-1) eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish, ish tashlashni toʻxtatib turish, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi; 5) sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlinmasiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi; 6) sudda ishni muhokama qilish vaqtida javobgar daʼvoni butunlay yoki qisman tan olganligiga qarab, toʻliq yoki qisman qanoatlantirilgan talablar boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)