# Fuqarolik protsessual kodeksi — 268-modda. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmasligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/268 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quyidagi hollarda hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi: darhol ijro etish natijasida mol-mulkning holati oʻzgarib, hal qiluv qarori bekor qilingan taqdirda, mol-mulkni ilgarigi holatiga keltirish mumkin boʻlmasa yoki juda qiyin boʻlsa; fuqarolarni binodan koʻchirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)