# Fuqarolik protsessual kodeksi — 270-12-modda. Daʼvo arizasini berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/270-12 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi sudga ish beruvchi yoxud prokuror tomonidan beriladi. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi tegishincha mazkur ish tashlash amalga oshiriladigan, amalga oshirilayotgan, amalga oshirilgan joydagi sudda koʻrib chiqiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)