# Fuqarolik protsessual kodeksi — 270-8-modda. Daʼvo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/270-8 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi: 1) qonunchilik talablari buzilganligi toʻgʻrisida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma; 2) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisidagi ogohlantirishi; 3) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 4) huquqbuzarlik sodir etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)