# Fuqarolik protsessual kodeksi — 270-modda. Sud hujjatlarining koʻchirma nusxalarini taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/270 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud hujjatining koʻchirma nusxasi u chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa u elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud hujjatining koʻchirma nusxasini boshqa shaxslarga ham yuboradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)