Sud ajrimida quyidagilar koʻrsatiladi:
1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
2) sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek soliq toʻlovchi qarzdor yuridik shaxsning identifikatsiya raqami;
4) nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mohiyati;
5) sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar;
6) sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi;
7) ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.
Sud tomonidan oʻz joyida chiqariladigan ajrim ushbu moddaning 4, 5 va 6-bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Ajrimning yozuvidagi xatolar va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolar ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatiladi.