# Fuqarolik protsessual kodeksi — 272-modda. Ajrimning mazmuni > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/272 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud ajrimida quyidagilar koʻrsatiladi: 1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; 2) sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi; 3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek soliq toʻlovchi qarzdor yuridik shaxsning identifikatsiya raqami; 4) nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mohiyati; 5) sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar; 6) sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi; 7) ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati. Sud tomonidan oʻz joyida chiqariladigan ajrim ushbu moddaning 4, 5 va 6-bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak. Ajrimning yozuvidagi xatolar va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolar ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)