# Fuqarolik protsessual kodeksi — 273-modda. Ajrimning koʻchirma nusxalarini taraflar va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/273 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ajrim alohida sud hujjati tarzida chiqarilgan hollarda, uning koʻchirma nusxalari taraflarga, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga, shuningdek u daxldor boʻlgan oʻzga shaxslarga ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida yuboriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)