# Fuqarolik protsessual kodeksi — 279-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohaza bildirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/279 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va unda yoʻl qoʻyilgan xatoliklarni yoki uning toʻliq emasligini u imzolangan kundan eʼtiboran besh kun ichida koʻrsatib, bayonnoma yuzasidan yozma ravishda fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Bayonnomaga doir berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi koʻrib chiqadi va u ushbu fikrlarga qoʻshilgan taqdirda, bu fikr-mulohazalarning toʻgʻriligini tasdiqlaydi hamda ularni sud majlisining bayonnomasiga qoʻshib qoʻyadi. Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qoʻshilmasa, ular sud majlisida koʻrib chiqiladi. Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ham ishga qoʻshib qoʻyilishi kerak. Bayonnomaga doir fikr-mulohazalar ular topshirilgan kundan eʼtiboran yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda koʻrib chiqilishi kerak. Biroq, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvi bilan tanishish huquqiga ega. Sud majlisining audio- yoki videoyozuvlari koʻchirma nusxasi sud protsessi ishtirokchilariga ishni koʻrgan sudning ruxsati bilan beriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)