FPK · 282-modda

282-modda. Sirtdan ish yuritish tartibi

Ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilganida sud ishdagi mavjud dalillarni tekshirish bilan kifoyalanadi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlari va iltimoslarini eʼtiborga olib, hal qiluv qarori chiqaradi, bu hal qiluv qarori sirtdan chiqarilgan deb ataladi.

Daʼvogar tomonidan daʼvoning predmeti yoki asosi, daʼvo talablari miqdori oʻzgartirilganda sud mazkur sud majlisida ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻrishga haqli emas. Bu holda ishni koʻrish daʼvo arizasini daʼvo predmeti yoki asosi, daʼvo talablari miqdori oʻzgartirilgan holda javobgarga topshirish uchun keyinga qoldiriladi.

Agar sud majlisiga kelmagan javobgardan ishni uning ishtirokisiz koʻrish haqida ariza kelib tushsa, ish sirtdan ish yuritish tartibida emas, umumiy tartibda koʻrilishi lozim.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.