FPK · 293-modda

293-modda. Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar

Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi;

2) bolani farzandlikka olish (bundan buyon matnda farzandlikka olish deb yuritiladi) haqidagi;

3) fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi;

4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi;

5) shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;

6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;

7) voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) toʻgʻrisidagi;

8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi;

9) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, ular boʻyicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) toʻgʻrisidagi;

10) yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.