# Fuqarolik protsessual kodeksi — 293-modda. Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/293 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi; 2) bolani farzandlikka olish (bundan buyon matnda farzandlikka olish deb yuritiladi) haqidagi; 3) fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi; 4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi; 5) shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi; 6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi; 7) voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) toʻgʻrisidagi; 8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi; 9) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, ular boʻyicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) toʻgʻrisidagi; 10) yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)