# Fuqarolik protsessual kodeksi — 296-modda. Ariza berish va uning mazmuni > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/296 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni belgilash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ariza arizachi yashab turgan joydagi sudga beriladi. Arizada muayyan faktni aniqlash arizachiga qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi koʻrsatilishi, shuningdek arizachining tegishli hujjatlarni olish imkoniyatiga ega emasligini yoxud yoʻqolgan hujjatlarni tiklab boʻlmasligini tasdiqlovchi dalillar keltirilishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)