# Fuqarolik protsessual kodeksi — 297-modda. Fakt aniqlanganligi toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/297 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudning hal qiluv qarorida: sud tomonidan aniqlangan fakt, uning qanday maqsadda aniqlanganligi, shuningdek mazkur faktni aniqlash uchun sud qanday dalillarga asoslanganligi koʻrsatilishi kerak. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida qayd etilishi yoki boshqa organlarda rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan faktlarning aniqlanganligi toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori ushbu organlar tomonidan beriladigan hujjatlarning oʻrniga oʻtmaganda, ana shunday qayd qilish yoki rasmiylashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)