# Fuqarolik protsessual kodeksi — 312-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/312 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudya arizani olgach, ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida fuqaroning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlsa, uning ruhiy ahvolini aniqlash uchun sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlaydi. Fuqaro sud-psixiatriya ekspertizasini oʻtishdan bosh tortganda sud uni majburiy tarzda ekspertizaga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)