# Fuqarolik protsessual kodeksi — 32-modda. Ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/32 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish sudning ajrimiga asosan, bu ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati oʻtganidan keyin, shikoyat (protest) berilgan taqdirda esa shikoyatni (protestni) qanoatlantirmay qoldirish haqida ajrim chiqarilganidan keyin amalga oshiriladi. Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sud tomonidan koʻrish uchun qabul qilinishi kerak. Sudlovga tegishlilik yuzasidan nizolashishga yoʻl qoʻyilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)