# Fuqarolik protsessual kodeksi — 321-modda. Arizaning mazmuni va uni berish muddati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/321 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan mazkur shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir sutka ichida beriladi. Xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatiladi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaxsning davolanishda boʻlgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida beriladi. Xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)