# Fuqarolik protsessual kodeksi — 324-modda. Ariza berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/324 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda oʻzi yashab turgan joydagi sudga oʻzini toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilishni rad etganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlganda voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza sud tomonidan qabul qilinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)