# Fuqarolik protsessual kodeksi — 326-modda. Sudning voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza yuzasidan hal qiluv qarori > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/326 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi arizani mazmunan koʻrib chiqib, uni qanoatlantirish yoki rad etish haqida hal qiluv qarori qabul qiladi. Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran toʻliq muomalaga layoqatli (emansipatsiya qilingan) deb eʼlon qilinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)